“Atletiko” yanvarda “Arsenal” yarim himoyachisini ijaraga olmoqchi

Eldor Akmurzayev
24 dek 2020, 21:40
“To'pchilar” a'zosi Ensli Meytlend-Naylz qishki transfer oynasida La Ligaga yo'l olishi mumkin.

U ijara asosida “Atletiko”ga o'tishi kutilmoqda. Madridliklar futbolchini Kiran Tripperga alternativ variant sifatida ko'rmoqda. Tripper pul tikish bilan bog'liq qoidalarni buzgani uchun 10 haftaga diskvalifikaciya qilingandi. Meytlend-Naylz o'ng qanot himoyachisi sifatida ham o'ynashi mumkin.

23 yoshli futbolchi joriy mavsum londonliklar libosida 17 o'yinda maydonga tushib, 2 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Daily Mail