

"Matrasichilar" "Betis" hujumchisi Borxa Iglesiasni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Iglesias jamoani yaqinda tark etgan Mateus Kunyaning o'rnini bosishi va Alvaro Morataning raqobatchisi bo'lishi kutilmoqda.
Marca nashrining xabar berishicha, "Atletiko" allaqachon o'yinchining vakillari bilan aloqaga chiqishgan.
29 yoshli forvard joriy mavsum "Betis" safida 13 ta o'yinda ishtirok etdi va 8 ta gol urib, 2 ta golli pas berdi.



