"Atletiko" Ermosoni maydondan chetlatish borasida yuborgan apellyaciyasida yutqazdi

Оқил Абдубарноев
22 sen 2022, 00:10
Dam olish kuni “Atletiko” o'z maydonida “Real”ga qarshi kechgan derbida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda “matraschilar” himoyachisi Mario Ermosoga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilib, maydondan chetlatildi.

"Atletiko" Ermosoning qizil kartochkasini bekor qilish uchun apellyaciya berdi, ammo mag'lub bo'ldi. Hakamlar qo'mitasi ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilgan epizodda hakamning yaqqol xatosi yo'q degan qarorga keldi. 

Olti turdan keyin “Atletiko” Ispaniya chempionati turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda. 

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mundo Deportivo