Asllani "Inter" bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolaydi

Alisher
15 iyun 2022, 16:28
"Inter" "Empoli" yarim himoyachisi Kristyan Asllanining transferi borasida kelishuvga erishdi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 20 yoshli albaniyalik milanliklar bilan 2027 yilning iyun oyi so'nggiga qadar shartnoma va yiliga 1,2 mln evrolik maosh borasida kelishuvga erishdi.

Bugun, ushbu transferni yakunlash uchun uchrashuv bo'lib o'tishi kerak.

Asllani 2021/22 yilgi mavsum "Empoli"ning asosiy jamoasi tarkibida 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira