

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi "Yuventus"ga o'tmoqchi. Asensio o'tgan mavsum "Yuve" muxlislari Krishtianu Ronalduga qarsak chalishganidan hayratlangan. Ispaniyalik futbolchi "Real" rahbariyatiga bu haqida ma'lum qildi.
Shu bilan birga Asensio "Yuve" sobiq hujumchisi Alvaro Morata bilan suhbatlashdi. Ayni damda "Chelsi" sharafini himoya qilayotgan Morata Turin klubi haqida yaxshi fikr bildirdi.



