Arturo Vidal "Atletiko"ga o'tishni xohlashi borasidagi ma'lumotni rad etdi

Aslanov Jasurbek
17 fev 2016, 13:14
"Bavariya" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Atletiko"ga o'tishni istayotgani borasidagi ma'lumotni rad etdi.

"Bu haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Ular bu safsatani qayerdan o'ylab topganini bilmayman. Yaqinda "Bavariya" bilan shartnoma imzoladim va bu klubda o'zimni baxtli his qilyapman. Bu klubda kamida yana 4-5 yil qolmoqchiman. Hech qachon jamoani bunchalik tez tark etmaganman. Jahonning eng yaxshi jamoasida o'ynayapman va o'z maqsadimizga erishish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman" - deydi Vidal.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tz