

"Bu biz uchun eng muhim turnirlardan biridagi eng muhim oqshom bo'ldi. Ushbu g'alaba barchamizni uyg'otishi kerak. Endi biz bu ajabtovur o'yinimizni yakshanba kuni ("Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda) ham takrorlashimiz lozim.
Lyuis-Skellini almashtirish? Uni xavf ostiga qo'yishni istamadim. Biz o'yinni boshqarishimiz kerak edi. Bu u uchun dars bo'lishi kerak va bunday holatda biz uni qo'llab-quvvatlaymiz. U juda aqlli va o'ziga bo'lgan talabi juda katta. U bu yerda bo'lsa, doimo o'rganishga, izlanishga, bilim olishga tayyor", - dedi Arteta.
"To'pchilar" navbatdagi uchrashuvini yakshanba kuni safarda "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tkazadi.



