Arteta: "Obameyang "Arsenal" afsonasiga aylanishi mumkin"

Alisher
3 avg 2020, 10:44
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Per-Emerik Obameyangning "to'pchilar" afsonasiga aylanishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Bizning klubda doim ajoyib hujumchilar bo'lgan va Aubani Terri Anri va Ian Rayt kabi nomlar bilan taqqoslash mumkin.

Sovrinlarni yutish orqali u bunga yaqin bo'ladi va biz bilan qanchalik uzoqroq qolsa, shunchalik muhim o'yinchiga aylanadi", - deydi Arteta.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 48ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal