Arteta himoyachisining jarohatiga izoh berdi

Mirjalol Normatov
22 noya 2025
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi Gabrielning Braziliya termasi tarkibida jarohat olgani haqida gapirdi.

"Afsuski Gabrijl termasi ixtiyorida bo'lib, jarohat oldi. Endi u bir necha haftalarni o'tkazib yuboradi. Chorshanba kuni uni yana bir bor tibbiy ko'rikdan o'tkazamiz. O'shandagina uning qanchada safga qaytishini bilib olamiz.

Albatta bu biz uchun katta zarba. Chunki u bizning himoyadagi yetakchi futbolchimiz edi. Gabrielni yo'qotish yaxshi holat emas. Yaxshi tomoni shundaki, bizda uning o'rnini bosadigan futbolchilar bor", - dedi Arteta.

"Arsenal" navbatdagi uchrashuvini 23 noyabr kuni "Tottenxem"ga qarshi o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal