Arteta Yevropa Ligasi yarim finali oldidan "Vilyarreal"ni maqtadi

Sherzod Nurmatov
28 apr 2021, 23:42
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Vilyarreal" bilan bo'lib o'tadigan Yevropa Ligasi yarim final uchrashuvi haqida gapirdi.

"Biz qiyin raqibga tushdik,  lekin yarim finalda o'ynashdan juda baxtiyormiz. "Vilyarreal"ning so'nggi 10-15 yildagi o'sishi odamni hayratlantiradi. Jamoani turli murabbiylar boshqarganiga qaramasdan, o'z tamoyillariga sodiq qoldi. Unai Emeri ushbu turnirda jamoani juda yaxshi ko'rinishga olib keldi. Men uning o'yin g'oyalarini alohida qayd etishim mumkin: jamoa to'p bilan nima qilishni va to'psiz qanday o'ynashni biladi. Ularda o'yin taqdirini har qanday daqiqada hal qila oladigan futbolchilar bor. Bundan tashqari, jamoa o'yin jarayoniga moslashishi va shu orqali taktikani o'zgartirishi mumkin", – deya so'z yuritdi Arteta.

Eslatib o'tamiz, Yevropa Ligasi yarim finali doirasidagi "Vilyarreal" va "Arsenal" o'rtasidagi birinchi o'yin 29-aprel kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com