Arteta: "Ben bizning asosiy maqsadimiz edi. U aqlli himoyachi"

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2021, 21:09
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi Ben Uaytning "Brayton"dan klubga ko'chib o'tganiga izoh berdi.

"Ben bizning asosiy maqsadimiz edi. Uning transferini oxiriga etkaza olganimiz soz bo'ldi. Ben ikki yaxshi klub - "Brayton" va "Lids" sabog'ini olgan. U ikki xil sxemada o'ynab, bundan foyda topdi hamda "Brayton"da ham, ijara asosida "Lids"da ham o'zining qanchalik iqtidorli ekanligini ko'rsatdi.

Uayt - aqlli himoyachi, u to'p bilan yaxshi muomala qiladi. Uning uslubi bizga mos keladi. Albatta, u hali yosh, shuning uchun uning yoshi va darajasi biz bu yerda tiklayotgan jamoaga mos keladi. Umid qilamizki, Ben bizning uzoq muddatli rejalarimizda asosiy rollardan birini o'ynaydi", - dedi ispaniyalik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fc-arsenal.com