"Arsenal" mart oyining eng yaxshi futbolchisini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
8 apr 2024, 18:38
London klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, himoyachi Ben Uayt mart oyida jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan.


Muxlislarning 41 foiz qismi Uaytga ovoz bergan. U mukofot uchun kurashda Kay Haverc, Martin Edegor va Deklan Raysni ortda qoldirdi.

Uayt "Arsenal"dagi faoliyati davomida ikkinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Avvalroq u 2022 yilning noyabrida ushbu sovrinni qo'lga kiritgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com