Arteta "Arsenal"ning asosiy o'yinchisi holatidan xavotir bildirdi

Sherzod Nurmatov
2 mar 2026, 18:34
Mikel Arteta Premer-liga doirasidagi "Chelsi"ga qarshi o'yindan keyin (2:1) "Arsenal" futbolchisining holati haqida to'xtalib o'tdi.

"Deklan Raysni o'yin tugashiga 15 daqiqa qolganda almashtirishga to'g'ri keldi. Chorshanba kuni "Brayton"ga qarshi o'ynay oladimi-yo'qmi, bilish uchun tekshiruvdan o'tkazamiz", – dedi Arteta.

27 yoshli angliyalik xavbek joriy mavsum klub darajasida 39 o'yinda 4 ta to'p kiritdi va 11 ta golga assistentlik qildi.

"Arsenal" "Chelsi"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, Premer-liga peshqadamligini mustahkamladi. Chorshanba, 4 mart kuni Arteta jamoasi "Brayton"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com