Arteta: "Arsenal" bundan keyin ham yetakchi bo'lishi kerak"

Mirjalol Normatov
1 yanv 2022, 16:53
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Siti" bilan o'rtadagi farq haqida gapirdi.

"Shaharliklar" kecha o'z maydonida "Everton" bilan durang o'ynadi. Buning ortidan g'alabaga erishgan "Arsenal" o'rtadagi farqni 7 ochkoga etkazib oldi.

"Har bir o'yindan keyin barchasini taxlil qilib, e'tiborni bir joyga jamlab o'ynashimiz kerak. O'tgan o'yindagi xato, kamchilik, yutuqlar o'rganilishi maqsadga muvofiq.

Nimalar bo'layotganini tushunib turibmiz. Endi buyog'iga raqiblar biz bilan qiyin o'yin ko'rsatadi. Shu sababli istalgan raqibni mag'lub eta olishimiz kerak.

Bizda xohish-istak yuqori darajada. Muvaffaqiyatlarimiz yana nimalargadir erishishimiz kerakligini bildirmoqda. Jamoa sifatida rivojlanishimiz va bundan keyin ham peshqadam bo'lib qolishimiz kerak", - dedi "Arsenal" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal