Arteta - APLda noyabr va dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2023, 17:30
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya chempionatida oyning eng yaxshi murabbiyi, deb topildi.

Arteta ushbu davrda "to'pchilar"ni liganing 4 ta o'yinida 4 ta g'alaba sari etakladi. Jamoa mehmonda "Chelsi", "Vulverxempton" va "Brayton"ni va o'z uyida "Vest Xem"dan ustun keldi. Ushbu g'alabalar "Arsenal"ga eng yaqin taqibchisidan 7 ochkoga oldinlab Premer liga bosh sovrini uchun asosiy da'vogar bo'lib qolishini taminladi. 



Mikel Arteta joriy mavsumda ushbu sovrinni ikkinchi marta qo'lga kiritdi. Umumiy hisobda esa uning bunday sovrinlari 4 taga etdi. 2019 yil dekabridan buyon "Arsenal" boshqaruvida bo'lgan mutaxassis 2021 yilning sentabr, 2022 yilning mart va avgust oylarida eng yaxshi murabbiy, deya etirof etilgan edi. 

Artete ovoz berish natijalariga ko'ra, hamkasblari Tomas Frank, Eddi Xau va Yurgen Kloppni ortda qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com