Arteta: "Agar "Arsenal" YCHLga chiqishni istasa top-jamoalarni mag'lub etishi kerak"

Aziz Tukhtamuradov
21 apr 2022, 09:34
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Chelsi"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng (4:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Futbolchilarga agar Chempionlar ligasiga chiqishni istasak, bunday o'yinlarda top-jamoalarni mag'lub etishimiz kerakligini aytdim. Bugun buni amalga oshira oldik. Yigitlar bilan faxrlanaman.

Bu ruhiy tomonlama og'irroq bahs bo'ldi. Chunki ko'p futbolchilar bugungi o'yindan oldingidek vaziyatga utshmagan. Bazida odamlar ko'p futbolchilar APLda ilk mavsumni o'tkazayotganliklarini, talablar juda yuqori ekanligini yoddan chiqarib qo'yishadi. Ammo biz mahorat ko'rsatdik va kuchli murabbiyga ega top-jamoa - "Chelsi"ni mag'lub etdik.


- Ushbu g'alaba klublar o'rtasidagi farq katta emasligini isbotlaydimi?

- Bugun ha. Ammo turnir jadvali buni ko'rsatmayapti. Ayniqsa, ularning o'tgan mavsumda namoyish etgan o'yinlarini hisobga olsak. Ular boshqa daraja", - dedi Arteta. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC Sport