Arshavin va Karpinni ortda qoldirgan Dzyuba: "Maqsadim - Kerjakov"

11 iyun 2019, 19:50
Rossiya terma jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba milliy jamoasi tarixida eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida to'rtinchi o'ringa ko'tarilib olgani haqida fikr bildirdi.

Evro-2020 saralashidagi San-Marinoga (9:0) qarshi bahsda Dzyuba poker qayd etdi va terma jamoa safidagi gollari sonini 20taga etkazib oldi. 

"Karpin va Arshavinni ortda qoldirganim shunchaki yoqimli. Maqsadim - Kerjakov. Men uni ortidan boraman (kuladi). U nechta gol urgan, 30ta? Lekin, bilmadim, ko'ramiz. Yaratgandan meni sog'-omon qilib turishini va yigitlar maydonda uzatmalar bilan taminlab turishligini istayman", - deydi Dzyuba.



Dzyuba Arshavin hamda Karpindan o'zib ketdi

"Qizig'i, o'shanda men kamerani ko'rmaganman..." - Artyom Dzyuba (intervyu)

Bugun Rossiya o'z maydonida Kipr bilan o'ynaydi. Uchrashuv 23:45da boshlanishi belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: iz.ru