Ashurmatov va Rahmonaliev Dzyuba bilan bir jamoada o'ynashi mumkin

Aslanov Jasurbek
15 may 2023
Artyom Dzyuba faoliyatini "Rubin"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Qozon klubi RPLga qaytishi bilan forvardni o'z safiga qo'shib olishni reja qilyapti.

"Rubin" qishda ham Dzyubaga qiziqqan edi, ammo futbolchining o'zi MFL (ikkinchi darajal liga)da o'ynashni xohlamadi. Endi klub uni yangi mavsumda jamoa yetakchisiga aylantirmoqchi.

Bundan tashqari, "Rubin" futbolchining mashhurligini hisobga olib, uy uchrashuvlarida stadion muxlislar bilan to'lishiga umid qilyapti. Qozonliklar hujumchiga "1+1" sxemasi bo'yicha yillik maoshi 1,5 mln. evro bo'lgan bitim taklif qilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, ayni damda "Rubin" sharafini ikki o'zbekistonlik Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonalievlar himoya qilishmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Матч ТВ»