Dzyuba Arshavin hamda Karpindan o'zib ketdi

Eldor Akmurzayev
8 iyun 2019, 23:55
Rossiya terma jamoasi Evro-2020ning saralash bahslari doirasida o'z maydonida San-Marinoni yirik hisobda (9:0) taslim qildi.

Mazkur bahsda mezbonlar hujumchisi Artem Dzyuba poker qayd etib, terma jamoadagi gollari sonini 20taga etkazdi. Shu tariqa u Rossiya tarixidagi to'purarlar ro'yxatida 19tadan aniq zarbasi bo'lgan Andrey Arshavin va Valeriy Karpinni quvib o'tib, to'rtinchi pog'onaga ko'tarildi. Dzyubadan oldinroqda esa, Roman Pavlyuchenko (21 gol), Vladimir Beschastnix (26) va Aleksandr Kerjakov bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia