

"The Telegraph" xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi ayni damda ushbu rol uchun asosiy da'vogar sifatida ko'rilmoqda. O'tgan mavsumda u jamoaning besh sardoridan biri edi. Ushbu ro'yxatdagi birinchi Petr Chex faoliyatini yakunladi. Aaron Remzi esa "Yuventus"ga o'tib ketdi. Loran Koselni esa jamoadan ketishga yaqin turibdi.
26 yoshli Jaka esa bunga qadar Menxengladbaxning "Borussiya"si sardori bo'lgan, shuningdek, Shveytsariya termasida ham ushbu vazifani bajarmoqda.



