"Arsenal"ning ikki futbolchisi jarohat oldi

Mirjalol Normatov
31 iyul 2025, 20:51
"Arsenal"ning "Tottenxem"ga qarshi o'yini ikki yo'qotish bilan yakunlandi.

Mikel Arteta shogirdlari mag'lub bo'lgan uchrashuvda Bukayo Saka va Leandro Trossard jarohat oldi.

Saka "Tottenxem" futbolchisi Matis Tel bilan to'qnashuvdan keyin o'ziga kela olmadi. U 77-daqiqada zaxiraga olindi.

68-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan Trossard esa 85-daqiqada jarohati sababli almashtirildi.

"Arsenal" APLning yangi mavsumidagi ilk o'yinini 17 avgust kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express