"Arsenal"ning 3 futbolchisida koronavirus aniqlandi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2021, 20:15
Ular shu tufayli "Norvich"ga qarshi o'yinda ishtirok etishmayapti.

"Arsenal"ning 3 nafar o'yinchisida koronavirus uchun topshirilgan test musbat natijani ko'rsatdi. Ular shu tufayli APL 19-turidan o'rin olgan "Norvich"ga qarshi bahsda qatnashishmayapti.

Koronavirus himoyachilar Sedrik Soaresh, Takexiro Tomiyasu va xavbek Eynsli Meytlend-Naylzda aniqlandi.

"Arsenal" – "Norvich" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: arsenal.com