"Arsenal" Xartga qiziqish bildirmoqda, "Manchester Siti" posbonni 15 mln. funt evaziga sotishga tayyor

Aslanov Jasurbek
9 fev 2017, 13:51
Hozirda ijara asosida "Torino" sharafini himoya qilayotgan "Manchester Siti" darvozaboni Jo Xart yozda "Arsenal"ga o'tishi mumkin.

Ijara kelishuvi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi, shundan so'ng futbolchi "Manchester Siti"ga qaytadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Petr Chexga o'rinbosar qidirayotgan "Arsenal" murabbiylar shtabi Xartga qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" rahbariyati bundan xabardor va posbonni 15 mln. funt evaziga sotishga tayyor.

"Arsenal"ga "Liverpul" raqobatchi bo'lishi mumkin, chunki qizillar murabbiylar shtabi Simon Minole va Loris Kariusdan mamnun emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail