

Ijara kelishuvi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi, shundan so'ng futbolchi "Manchester Siti"ga qaytadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Petr Chexga o'rinbosar qidirayotgan "Arsenal" murabbiylar shtabi Xartga qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" rahbariyati bundan xabardor va posbonni 15 mln. funt evaziga sotishga tayyor.
"Arsenal"ga "Liverpul" raqobatchi bo'lishi mumkin, chunki qizillar murabbiylar shtabi Simon Minole va Loris Kariusdan mamnun emas.



