"Arsenal" "Vest Bromvich" futbolchisini xarid qilishga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
29 avg 2017, 21:20
"Arsenal" "Vest Bromvich" himoyachisi Jonni Evansni xarid qilishga qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq, OAVda "Lester Siti" rahbariyati "Vest Bromvich"ning 29 yoshli futbolchisi uchun 23 mln. funt taklif qilayotgani e'lon qilingandi.

Bundan tashqari, "Manchester Siti" ham Evansni o'z safida ko'rishni istab, klubga 18 mln. funt taklif qilgan, biroq "Vest Bromvich" rahbariyati himoyachi sotilmasligini aytgan.

So'nggi mavsum himoyachi APL safida 31 ta uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports