

"Barselona" himoyachisiga APL klublari qiziqish bildirmoqda.
"Diario Sport" xabariga ko'ra, Erik Garsiyani o'z safiga qo'shib olishga APLning bir qancha klublari, jumladan, "Arsenal" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Biroq futbolchining o'zi "Barsa"da qolish niyatida va "ko'k-anorranglilar"ning asosiy tarkibidan joy olish uchun kurashmoqchi.
22 yoshli futbolchi joriy mavsum La Ligada 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.



