

Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 20 yoshli futbolchining shartnomasida 70 mln funt (80 mln evro) miqdoridagi tovon puli punkti bor. Portugaliya klubi Froxoldtni sotmoqchi emas. "Portu"ni shuningdek, o'yinchining o'zi hozircha ketishni istamayotgani ham ilhamlantirmoqda.
Joriy mavsumda Froxoldt barcha turnirlarda 51 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 million evro.



