"Arsenal" Tirni bilan 2026 yilga qadar shartnomani uzaytirishga yaqin

Alisher
19 iyun 2021, 14:56
"Arsenal" himoyachi Kiran Tirni bilan bitimni uzaytirishga yaqin.

"Kanonirlar" 24 yoshli shotlandiyalik futbolchi bilan 2026 yilning iyun oyi so'nggiga qadar shartnomani uzaytirishadi.

Bitim yaqin kunlarda yakunlanadi. Tirni "Arsenal"da 2019 yilning yozidan beri o'ynab kelmoqda.

Shotlandiyalik futbolchi 2020/21 yilgi mavsum jamoa safida 38ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal