“Arsenal” sobiq futzalchini ishga oladi. U “Tottenxem” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi

Eldor Akmurzayev
10 yanv 2023, 09:00
Futzal bo'yicha Angliya TJ sobiq a'zosi Xusseyn Isa “Arsenal”da ish boshlaydi.

U hozirda xavaskorlar ligasida “Xeshteg Yunayted” futbol klubi sharafini himoya qilmoqda.

Qayd etilishicha, Isa Mikel Artetaning murabbiylar shtabiga kiradi. U jamoani hujum fazasidagi o'yin bo'yicha tayyorlaydi, o'yinchilarga zarba berish, bosh bilan ishlash va to'pga teginish mashqlarini bajarishda maksimal yordam beradi.

Qizig'i, Xusseyn “Tottenxem” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U yozda “to'pchilar” safiga kelib qo'shiladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: talkSPORT