

O'yin 0:3 hisobida "aristokratlar"ning g'alabasi bilan yakunlandi.
Ma'lum bo'lishicha, "Arsenal" bahs qaydnomasiga 30 yoshli Olive Jiruni kiritishni unutgan. Biroq futbolchi jamoadoshlari bilan zaxira o'rindig'ida o'tirgan va xatto 46-daqiqada Lyakazett o'rniga maydonga tushish uchun kartochka topshirgan. Hakamlar qaydnomani ko'zdan kechirib, Jiruga rad javobini berishdi.

Faqat "Arsenal" ustozi Arsen Venger aralashuvi bilan bir necha daqiqadan so'ng Jiru maydonga tusha oldi.



