"Arsenal" niderlandiyalik futbolchini xarid qilmoqchi

Alisher
5 fev 2020, 17:01
"Feyenoord" yarim himoyachisi Orkun Kekchyu "Arsenal"ga o'tishi mumkin.

"To'pchilar" 19 yoshli xavbekni yozda xarid qilishmoqchi.

"Arsenal" Kekchyuning transferi uchun 15 million funt sarflamoqchi. Bu mablag' esa "Feyenoord"ni to'la qanoatlantiradi.

London klubi vakillari futbolchining o'yinlarini Niderlandiya chempionatining bir qator o'yinlarida kuzatib borishgan.

Kekchyu joriy mavsum "Feyenoord" tarkibida 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail