"Arsenal" Mbappe uchun juda katta pul sarflashga tayyor

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2017, 16:43
"Arsenal" rahbariyati "Monako" hujumchisi Kilian Mbappe uchun 150 mln. evro sarflashga tayyor.

"Arsenal"ning taklifi "Real"nikidan yirikroq. "Qirollik klubi" Mbappe uchun 135 mln. xarajat qilishga tayyor edi.

So'nggi mavsum fransiyalik Liga 1ning 29 ta uchrashuvida 15 ta gol urdi. Oldinroq "Arsenal" ustozi Arsen Venger Mbappening transferini kelishish uchun Fransiyaga yo'l olgani e'lon qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport