"Arsenal" Edegorni saqlab qolmoqchi va Sebalosni "Real"ga qaytarib yubormoqchi

Alisher
11 apr 2021, 10:47
"Arsenal"da ijara asosida o'ynayotgan "Real" yarim himoyachisi Martin Edegor London klubida qolishi mumkin.

"Kanonirlar" 22 yoshli norvegiyalik futbolchining xarid qilish huquqini Madrid klubi bilan muhokama qilmoqchi.

Bundan tashqari, yarim himoyachi Dani Sebalos "galaktikos" tarkibiga qaytadi.

Edegor joriy mavsum "Arsenal" libosida 13ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/nicoschira