"Arsenal" asosiy futbolchisi jarohat oldi va safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
24 dek 2018, 20:13
"Arsenal" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan jarohati sababli safdan chiqdi.

Futbolchining oyog'idagi eng kichik barmog'idagi suyagi sinishi oqibatida 6 haftaga safdan chiqdi.

Shu boisdan armanistonlik futbolchi "Brayton", "Liverpul", "Fulxem" va "Vest Xem" jamoalariga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Bu mavsumda 29 yoshli xavbek "Arsenal" tarkibida 20 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/arsenalfc