

Xorxe Sampaoli 2-3-5 taktikasini tanladi. Maydonga ikki himoyachi, uch xavbek va besh hujumchi tushadi.
Matbuot anjumanida Sampaoli JCH-2018 saralashining qolgan o'yinlarida qo'llash mumkin bo'lgan usullarni sinab ko'rmoqchi ekanligini aytgandi.
Bosh murabbiy fikricha Singapur albiselestega qarshi bahsda butun jamoa bilan himoyalanadi: 10 nafar futbolchi raqibning hujumini buzishga urinadi.




