AQSH ketidan Meksika LaLiga o'yinini qabul qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
29 avg 2018, 17:27
LaLiga vakili Nunu Peres-Pla Meksikaga yo'l oldi.

U tashrifi chog'ida Ispaniya chempionati o'yinlari kelajakda Meksikada o'tkazilishi mumkinligini e'lon qildi.

"AQSHdagi futbolning yirik potenciali tufayli bu hududga e'tibor qaratdik. Ammo kelajakda o'yinlarni boshqa mamlakatlarda, masalan Meksikada o'tkazish imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz. Biz uchun Meksika ro'yxatimizning ikkinchi o'rnini egallab turibdi.

Meksika - madaniyati tomonidan bizga yaqin mamlakat. Ko'plab meksikaliklar ispaniya chempionatida to'p tepadi.

O'yinlar Monterrey va Tixuana shaharlarida bo'lib o'tishi mumkin" - deydi LaLiga vakili.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN