APLda eng yaxshi bo'lish uchun 6 futbolchi kurashadi

Mirjalol Normatov
20 apr 2019, 21:57
Professional futbol assotsiatsiyasi o'z tvitterida APLning 2018/19 yilgi mavsumida eng yaxshisi bo'lishi uchun futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi.

Ushbu ro'yxatdan Serxio Aguero, Rahim Sterling, Bernardu Silva (Manchester Siti), Virjil van Deyk, Sadio Mane (Liverpul) va Eden Azar (Chelsi) kabi futbolchilar joy olgan.

Shuningdek, yilning eng yaxshi yosh futbolchisi (23 yoshgacha) bo'lish uchun Trent Aleksander-Arnold (Liverpul), Devid Bruks (Bornmut), Markus Reshford (Manchester Yunayted), Deklan Rays (Vest Xem), Bernardu Silva va Raxim Sterling (Manchester Siti) kabi iqtidorlar nomzodlari qo'yildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: PFA