APL. “Nyukasl” safarda durang o'ynadi. “Brayton” kiperi 90+ daqiqada qizil oldi

Eldor Akmurzayev
7 noya 2021, 07:25
Angliya chempionati 11-turidan o'rin olgan “Brayton” – “Nyukasl” bahsi (1:1)da g'olib aniqlanmadi.

Mezbonlar safida Leandro Trossard 1-taymda penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, keyingi bo'lim o'rtalarida raqib a'zosi Ayzek Xeyden oradagi farqni tikladi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalardan esa “Brayton” darvozaboni Robert Sanches qo'pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi.

"Brayton" – "Nyukasl" 1:1 (1:0, 0:1)

"Falmer"

Gollar: 1:0 – 24, penalti Trossard, 1:1 – 66 Xeyden.

"Brayton" – Sanches, Veltman, Daffi, Dank, Kukurelya, Lempti (Uebster, 75), Mvepu (Mak Allister, 46), Lallana, Bissuma, March (Mope, 66), Trossard.

"Nyukasl" – Darlou, Merfi, Kraft (Geyl, 90), Lassels, Klark, Ritchi, Almiron (Joelinton, 74), Xeyden, Shelvi, Sen-Maksimen, Uilson.

Ogohlantirishlar: Lassels (12), Merfi (60), Shelvi (69), Uilson (73), Lallana (75), Bissuma (84), Mope (84).

Chetlatish: Sanches (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia