APL 2021/22 yilgi mavsumida qatnashadigan oxirgi jamoa ham ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
29 may 2021, 21:00
Angliya yuqori divizioniga yo'l oladigan 3-jamoa nomi “Uembli”da "Brentford" – "Suonsi" bahsida aniqlandi.

Uchrashuvda hujumchilar Ivan Toni va Emiliano Markondes tomonidan urilgan gollar “Brentford”ga ishonchli g'alaba keltirdi. Shu tariqa, Chempionshipdan yuqori divizionga “Uotford”, “Norvich” va “Brentford” ko'tarildi.

"Brentford" – "Suonsi" 2:0 (2:0, 0:0)

"Uembli"

Gollar: 1:0 – 10, penalti Touni, 2:0 – 20 Markondes.

"Brentford" – Rayya, Dalsgor, Pinnok, Yansson (Rid, 79), Roerslev, Kanos (Forss, 74), Yensen, Markondes (Bidstrup, 90), Yanelt (Goddos, 74), Mbemo, Touni.

"Suonsi" – Vudmen, Noton (Kallen, 60), Gei, Kabango, Roberts, Graymz, Xurixeyn (Danda, 63), Ayyu, Fulton, Lou, Biduell (Menning, 82).

Ogohlantirishlar: Graymz (6), Markondes (22), Yanelt (70).

Chetlatish: Fulton (65).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia