

O'yin yaxshi temp bilan boshlandi. Londonlikar o'yin boshida Edegor – Ederson to'qnashuvidan so'ng penaltiga umid bog'lashdi, biroq bosh hakam fol yo'qligini bildirdi.
"Arsenal" birinchi taymdagi aksariyat daqiqalarda raqibni "yopib tashladi" va hisobni ochishga erishdi. Tirnining qulay pasidan keyin Saka o'tkir burchakni nishonga oldi – 1:0.
Ikkinchi taym o'yinda tub burilish yasagan holatlarga boy bo'ldi. Dastlab Bernardu Silva jarima maydoni ichida Jaka tomonidan yiqitilib, maysaga qulatildi. Hakam vaziyatni yordamchilari bilan muhokama qilib, "nuqta"ni ko'rsatdi. Riyad Marez undan unumli foydalandi – 1:1.
"To'pchilar"ga bevosita bog'liq keyingi kuliminacion jarayon Gabriel – Jezus to'qnashuvidan keyin yuzaga keldi. Heferi braziliyalik himoyachini maydondan chetlatdi va "Arsenal" bir kishi kam bo'lib qoldi.
Qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotgan bir paytda Rodri darvozani ishg'ol etdi – 1:2. Shu tariqa, Xosep Gvardiola jamoasi Artetasiz "Arsenal"ni yutdi.
Arsenal – Manchester Siti 1:2
Emireyts
Gollar: 1:0 – 31 Saka, 1:1 – 57, penalti Marez, 1:2 – 90 Rodri.
Arsenal – Remsdeyl, Tomiyasu, Gabriel, Uayt, Tirni, Jaka, Parti, Edegor (Xolding, 63), Saka (El-Nenni, 84), Lyakazett (Smit-Rou, 71), Martinelli.
Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Laport, Ruben Diash, Ake, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Sterling, Marez, Gabriel Jezus (Gyundogan, 63).
Ogohlantirishlar: Jaka (55), Gabriel (57), Saka (63), Xolding (68), Rodri (90), Bernardu Silva (90).






