

"Paxtakor"ning hujum chizig'ida Sergeevga zaxira futbolchisi sifatida boshqa futbolchi topa olmagan klub Soliev bilan hamkorlikni davom ettiradi. Agar tajribali futbolchi o'zini maydonda yaxshi his etsa va o'yini o'xshasa yil oxirigacha jamoa sharafini himoya qilishi mumkin. Soliev bu mavsumda ham o'tgan yiligidek 20-raqamda o'ynaydi.




