Antuan Grizmann - xorijda o'ynayotgan eng yaxshi fransiyalik futbolchi

Narzulla Saydullayev
9 may 2016, 08:09
Fransiya professional futbolchilar Assotsiatsiyasi (UNFP) ilk bor xorijda o'ynayotgan o'yinchini taqdirladi.
Yangi sovringa Atletiko hujumchisi Antuan Grizmann loyiq deb topildi.

Bu borada unga Real vakili Karim Benzema, Vest Xem yarim himoyachisi Dimitri Paye va Yuventus yetakchisi Pol Pogba raqobat ko'rsatgandi.

Bu mavsumda Grizmann Atletiko bilan birga YCHL finaliga chiqdi. Futbolchi barcha musobaqalarda 51ta o'yinda ishtirok etib 31ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: unfp.org