Antonio Konte: Milanga qarshi yaxshi o'ynadik, ammo yanada kuchayish lozim

Narzulla Saydullayev
7 okt 2013, 09:01
Yuventus ustozi Antonio Konte Italiya A seriyasining 7-turidan o'rin olgan Milanga qarshi o'yindan so'ng (3:2) o'z fikrlarini bildirdi.
Taqvim aniq bo'lganidan so'ng barcha mavsum boshida bizga qiyin bo'lishini aytgandi. Shu sababli ayni paytda hisobimizda 6ta g'alaba va 1ta durang borligidan xursandman.

Bugun biz yaxshi o'ynadik, ammo yanada kuchayish kerak. Birinchi zarbadan so'ng gol o'tkazib yubordik.

Jovinko muhim golni urganidan mamnunman. Uni muxlislar tanqid qilishmoqda, shu bois goldan xursandman. Jovinkoni qo'llab quvvatlash kerak, – deydi Konte.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru