Antonio Konte "Milan" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
27 okt 2015, 19:00
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte yaqin orada "Milan"da ish boshlashi mumkin.

Unga "rossonerlar" rahbari Silvio Berluskoni qiziqib qolgan.

Konte Italiya terma jamoasiga JCH-2014dan keyin kelgan va EVRO-2016ga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Oldinroq uch mavsum davomida "Yuventus" bosh murabbiyi bo'lib ishlagan. Konte "Keksa sinoralar" bilan birga 3 marta Italiya chempioni bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Calcio Mercato