Ansu Fati yoshi sabab o'yinning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovrinni olmadi, nega?

Alisher
28 sen 2020, 17:43
"Barselona" Ispaniya chempionati 3-tur doirasidagi "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

"Kamp Nou"da o'tgan o'yinda Ansu Fati dubl qayd etdi.

17 yoshli Ansu Fati o'yinning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan mukofotni olish huquqiga ega emas, sababi u voyaga etmagan, mukofot homiysi esa taniqli pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyadir.

Aynan shu sabab eng yaxshi o'yinchi deb "Barselona" himoyachisi Jordi Albani topishdi.

"Barselona" keyingi o'yinini 1 oktyabr kuni mehmonda "Selta"ga qarshi o'tkazadi. "Viyalrreal" esa 30 sentyabr kuni uyda "Alaves"ga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/GSpanishFN