Angliyada 2019 yildagi yozgi transfer oynasi qachon yopilishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
17 noya 2018, 15:10
Angliya Premer-ligasi klublari 2019 yildagi yozgi transfer oynasi yopilish sanasi bo'yicha kelishib olishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klublar transfer oynasi mavsum boshlanguniga qadar, yani 2019 yilning 8 avgustida yopilishiga ovoz berishdi. Eslatib o'tamiz, 2018 yildagi yozgi transfer oynasi ham mavsum startidan avval yopilgan edi. Tajriba ingliz jamoalariga yoqdi va klublar buni davom ettirishga qaror qilishdi.

Bundan avval transfer oynasi 31 avgustda yopilar edi, ko'plab klublar murabbiylari esa bundan norozi bo'lishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC