Angliya terma jamoasi Evro-2024dagi g'oliblik uchun 11 million evro miqdorida bonus oladi

Alisher
16 iyun 2024, 15:59
Angliya terma jamoasi futbolchilari Yevropa chempionati-2024dagi g'alaba uchun 11,3 million evro miqdorida bonus olishadi.

Agar Angliya turnir g'olibiga aylansa, milliy jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt 4,7 million evro bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, Angliya terma jamoasi uchun umumiy bonus Qatardagi JCH-2022da birinchi o'ringa beriladigan mukofot pulidan oshadi.

Angliyaliklar Germaniyadagi Yevropa chempionati guruh bosqichida Serbiya, Daniya va Sloveniya bilan o'ynashadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun