Angliya klubi Torgan Azar bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
28 apr 2021, 16:28
Dortmundning "Borussiya" klubi xavbeki Torgan Azar faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

28 yoshli yarim himoyachi "Lester" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Uning transfer narxi 32 million evroga baholanmoqda.

Torganning "arilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Azar joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Transfermarketweb