Anelli Kellini bilan shartnoma uzaytirilishiga ishonchi komil

Alisher
28 iyul 2021, 09:25
"Yuventus" prezidenti Andrea Anelli himoyachi Jorjo Kellinining kelasi mavsum klubda aniq qolishini ma'lum qildi.

36 yoshli italiyalik futbolchining turinliklar bilan shartnomasi 1 iyulda yakuniga etgan va u ayni damda erkin agent maqomida.

"Men u bilan dushanba kuni kelajagi borasida gaplashdim. U kelib qandaydir qog'ozlarga qo'l qo'yishi uchun tatilini bekor qilish g'alati bo'lardi, sababi u ikki yil ketma-ket deyarli dam olmadi", - deydi Anelli.

Futbolchi o'tgan mavsum "Yuventus" tarkibida 25ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia