Andriya Burkar: "O'z o'yinimizni namoyish etsak, O'zbekistonni qiyin ahvolga tushirib qo'yamiz"

Оқил Абдубарноев
14 noya 2025, 16:40
Xorvatiya o'smirlar terma jamoasi himoyachisi Andriya Burkar U-17 jahon chempionati 1/16 finali doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

"Albatta, O'zbekiston kuchsiz jamoa emasligini bilishimiz kerak. Ular ma'lum sifatlarga ega bo'lganliklari uchun 1/16 finalga yo'l oldi, ammo men shuni takidlamoqchimanki, agar o'z o'yinimizni namoyish eta olsak, tashabbusni qo'lga olamiz va raqibni qiyin ahvolga tushirib qo'yamiz. Aslida hammasi o'z qo'limizda deb o'ylayman", dedi "Parma" futbolchisi.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Xorvatiya o'rtasidagi bellashuv 15 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: HRT Sport